18-aprel kuni hamshira Sultonova shifokor tomonidan tavsiya etilgan “Donat” nomli antibiotikni “Lidokain”da eritib, voyaga yetmagan bemorning yonbosh sohasiga notoʻgʻri inyeksiya qilishi oqibatida uning oyogʻida qattiq ogʻriq kuzatilib, ishlamay qolgan.
3-iyul kuni esa hamshira Qayumova shifokor tomonidan tavsiya qilingan “No-Shpa” va “Dimedrol” dorilarini voyaga yetmagan Adhamovning oʻng yonbosh sohasiga notoʻgʻri inyeksiya qilgan. Uning ham bir oyogʻi ishlamay qolgan.
Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasida ushbu salbiy holatlar texnik jihatdan notoʻgʻri qilingan inyeksiya oqibatida sodir boʻlgani maʼlum qilingan.