Fargʻonada uyushgan jinoiy tuzulmalarga aloqador shaxslar qoʻlga olindi

    35 nafar uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxsning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar olindi.

    Fargʻona shahrida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni jilovlash, uni oldini olish va barham berish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish borasida maxsus profilaktik va tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Viloyat IIB hamda DXX tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan ana shunday tadbirlarda, 35 nafar uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxslarning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlar oʻtkazilib, ularning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar olindi.

    15 ta jinoyat va 24 ta maʼmuriy huquqbuzarliklarga barham berildi.

    Qayd etilishicha, Fargʻona shahar hududida oʻtkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida 397 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi.

    Tadbirlar doirasida 320 nafar alohida toifadagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. 397 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi.

    Jumladan mayda bezorilik 59 ta, sovuq qurol saqlash 12 ta, ichkilikbozlik 72 ta, farzandini nazoratsizligi 18 ta va boshqalar.

    78 nafar shaxslar esa, maʼmuriy qamoqqa olindi. 103 nafar shaxslar profilaktik hisobga qoʻyildi.

    Profilaktik tadbirlar doirasida 159 nafar jinoyat sodir etishga moyil shaxslar aniqlanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.