Hududda yashovchi sahovatpesha tadbirkor Jahongir Ahmedov homiyligida “Surpash ota” maqbarasi yonida namozxona, tahoratxona, doʻkon, darvozaxona, avtoturargoh, qurbonlik qilish uchun qushxona va boshqa inshootlar barpo etilmoqda.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona shahar “1-Beshbola” MFY hududida joylashgan “Surpash ota” ziyoratgohida tashkil etilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Mahalla oqsoqollari hamda tashabbuskorlar bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, ushbu savobli ishni toʻlaqonli yakunlash uchun viloyat hokimligi tomonidan ham zarur koʻmak berilishini qayd etdi.