Qayd etilishicha, huquqbuzarlik holati jinoyat ishlari boʻyicha Shahrixon tumani sudida koʻrib chiqilgan hamda ota-onaning har biriga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasi (taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Shundan soʻng holat boʻyicha jabrlanuvchi deb eʼtirof etilgan M. N. fuqarolik ishlari boʻyicha Boʻston tumanlararo sudiga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, oʻquvchisining ota-onasidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zarar uchun 3 million 325 ming soʻm, maʼnaviy zarar uchun esa 3 million soʻm undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilishni soʻragan.
Biroq daʼvogar sud majlisida javobgarlar bilan huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish masalasida kelishib olganligini taʼkidlagan. Shu bois sud arz qilingan talabdan voz kechishni qabul qilib, fuqarolik ishini ish yuritishdan tugatish haqida ajrim chiqardi.