“Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasiga befarq boʻlmaylik” mavzusida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazildi

    Ta'lim 30 May 2023 2481

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasiga befarq boʻlmaylik” mavzusida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazildi.

    Unda “Bola nega maktabga borishni istamaydi?», “Bolalar internetdan toʻgʻri foydalanishni biladimi?», “Bola tarbiyasi uchun kim masʼul?», “Bolalar oʻrtasida turli huquqbuzarliklar nega koʻpaymoqda?» mavzulari qamrab olingan edi.

    Ushbu soʻrovnomada jami 36 751 nafar kishi qatnashdi.

    Natijalar quyidagicha:

    Sizningcha, bolalarning internetdan toʻgʻri foydalanishini kim nazorat qilishi kerak?

    - Ota-ona – 67 %
    - Maktab – 1 %
    - Ota-ona va maktab – 30 %
    - Sinf rahbar – 1 %
    - Inspektor-psixologlar – 1 %

    Sizningcha bolalar tarbiyani kimdan oʻrganadi va unga kim masʼul?

    - Ota-onadan oʻrganadi — ota-ona masʼul – 92 %
    - Oʻqituvchidan oʻrganadi — maktab masʼul – 3 %
    - Doʻstlaridan oʻrganadi — mahalla masʼul – 1 %
    - Internetdan oʻrganadi — ota-ona masʼul – 3 %
    - Sinfdoshlaridan oʻrganadi — maktab masʼul – 1 %

    Sizningcha, bolalar nima uchun turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etmoqda?

    - Oilada muhit yaxshi emas – 49 %
    - Bola bu ishlarning oqibatini bilmaydi – 13 %
    - Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarning koʻpligi sabab – 30 %
    - Maktab nazorat qilmayapti – 2 %
    - Inspektor-psxixologlar tomonidan profilaktika ishlari olib borilmayapti – 6 %