Tadqiqotga koʻra, zoʻravonlikka uchragan ayollarning har beshidan biri (20%) oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylagan.

Hududlar kesimida koʻrsatkichlar oʻta tafovutga ega: Andijon viloyatida – 33,3%, Navoiyda esa – 6% ayol oʻziga zarar yetkazish fikrini bildirgan. Mutaxassislar bu tafovutni turli hududlarda psixologik qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy yordamning farqli darajada boʻlishi bilan izohlaydi.

Soʻrov natijalari stressni yengish strategiyalariga doir qiziqarli tendensiyalarni ham ochib berdi:

  • Jismoniy faollik va uy yumushlariga berilish — 29,2%
  • Yolgʻiz qolish orqali yengishga urinish — 23,9%
  • Hissiy portlash bilan boʻshanish — 22,5%
  • Yaqinlar bilan suhbatlashish — 11,1%

Bundan tashqari, respondentlarning 6,7 foizi stress holatidan chiqishda umuman qiynalishini aytgan. Mutaxassislar bu koʻrsatkich ayollar uchun psixologik xizmatlar, maslahat markazlari va ijtimoiy yordam tizimini kuchaytirish zarurligidan dalolat berishini taʼkidlamoqda.