Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, baxtsiz hodisa 3 iyun kuni sodir boʻlgan. Soʻnggi vaqtlarda qishloq xoʻjaligida keng qoʻllanilayotgan membranali suv havzalari bilan bogʻliq shunday noxush holatlar bir necha bor qayd etilgan.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, bunday havzalarning sirpanchiq qoplamasi hamda maxsus qutqaruv vositalari mavjud emasligi sababli, ularga tushib qolgan shaxs mustaqil ravishda chiqib keta olmasligi mumkin.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fermer xoʻjaliklari rahbarlari va masʼul shaxslarni xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi. Xususan, suv havzalari atrofini muhofaza toʻsiqlari bilan oʻrash, shuningdek, havza ichiga qutqaruv arqonlari va boshqa zarur vositalarni joylashtirish tavsiya etildi.

Vazirlik fuqarolarni bunday obyektlar atrofida ehtiyotkor boʻlishga chaqirib, xavfsizlik qoidalariga rioya etish inson hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega ekanini eslatdi.