Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari 2021-yil 18-oktyabrdan 27-oktyabrgacha Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sankt-Peterburg Davlat yongʻinga qarshi xizmati universitetida qoʻshimcha kasbiy taʼlim dasturi doirasida tahsil oldilar. Mashgʻulotlar ikki yoʻnalish boʻyicha olib borildi: “Sud yongʻin-texnik ekspertizasi obyektlarini oʻrganishda yonish sabablarini aniqlash va tasniflash” va “Sud yongʻin-texnik ekspertiza obyektlarini oʻrganishda rentgen fazali tahlil”.

Oʻquv mashgʻulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sankt-Peterburg Davlat yongʻinga qarshi xizmati universiteti oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida oʻtkazildi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, ushbu hujjat 2021-yil oktyabr oyi boshida imzolangan.