Favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha doimiy shtab tashkil etildi

    Mamlakatimizda 30 Yanvar 2023 1140

    Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

    “Oʻzgidromet” maʼlumotlariga koʻra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha koʻtariladi. Hatto togʻ oldi va togʻli hududlarda +2+7 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

    Havo haroratining koʻtarilishi natijasida qor va muzlar erishi tezlashib, sel, koʻchki va suv toshqinlarining yuzaga kelish ehtimolini yanada kuchaytiradi.

    Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

    Yigʻilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga asosan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha doimiy shtab tashkil etildi.

    Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-noyabrdagi 426-son qaroriga bilan Toshqinga qarshi hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifalari belgilangan.

    Vazirlar Mahkamasida oʻtgan yigʻilish bayoni bilan ushbu Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.