Unga ko'ra:
2020 yil 1 avgustdan boshlab, utilizatsiya yig'imi stavkalari va utilizatsiya yig'imi to'lanadigan g'ildirakli transport vositalari, o'ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro'yxati tasdiqlandi.
SHuningdek,
Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O'zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan g'ildirakli transport vositalari, o'ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig'adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yig'imi to'lovchilari etib belgilandi.
Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yig'imi to'lanmaydi:
- umume'tirof etilgan printsiplarga va xalkaro huquq normalariga
muvofiq imtiyoz va immunitetlardan foydalanadigan diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek, bunday vakolatxonalar, muassasalar, tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo'lmagan, diplomatik maqomga ega bo'lgan xodimlari va ularning oila a'zolariga tegishli transport vositalariga;
- ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 30 va undan ortiq yil o'tgan L va
Ml toifali, shuningdek, ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 50 va undan ortiq yil o'tgan, yo'lovchilar va yuklarni tijorat maksadida tashish uchun mo'ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saklangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;
- O'zbekiston Respublikasiga olib kirilib, “vaqtinchalik olib kirish”
bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga.
Ikki oy muddatda:
- eskirgan transport vositalaridan O'zbekiston Respublikasi
hududida foydalanish uchun texnik va ekologik talablarni tartibga solish chora-tadbirlari;
- g'ildirakli transport vositalari, o'ziyurar mashinalar va ularning
tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yig'imlarini yig'ish, hisoblash, to'lash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yig'imining ortiqcha to'langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
- transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash
infratuzilmasini tashkil etish harajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yig'ish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
- transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shug'ullanadigan
tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash tegishli tashkilotlar zimmasiga yuklatildi.