Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, fuqarolar quyidagi mamlakatlardan olib kelingan:
- Saudiya Arabistonidan – 21 017 nafar;
- Birlashgan Arab Amirliklaridan – 3 555 nafar;
- Erondan – 47 nafar;
- Qatardan – 394 nafar;
- Bahrayndan – 27 nafar;
- Oʻmondan – 7 nafar.
Qayd etilishicha, vatandoshlarni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda evakuatsiya jarayonlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq boʻlgan mamlakatlar orqali tashkil etilmoqda.