Tashrif davomida universitet vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi va muzokaralar yakunlari bo‘yicha quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishildi:

 - Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan universitetlararo aloqalarni rivojlantirish;

 - universitet kutubxonasida Fransiya elchixonasi burchagini ochish va uni fransuz kitoblari hamda o‘quv resurslari bilan to‘ldirish;

 - turizm va mehmonxona sohalarida fransuz universitetlarining taqdimotlarini tashkil etish;

 - tadqiqotchilar va talabalar uchun madaniy meros, muzeyshunoslik va arxitektura sohasida maxsus treninglar o‘tkazish;

 - ilmiy tadqiqotchilar va universitet o‘qituvchilari uchun turizm sohasida Fransiya hukumatining grantlarini olishga ko‘maklashish.

Uchrashuv so‘nggida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.