Bu haqda Le Figaro xabar berdi.

“Burbon saroyida deyarli bir ovozdan mazkur masala [qonun loyihasi] qo'llab-quvvatlandi. Deputatlar birinchi o'qishda qonun loyihasini qabul qilishdi, maqsad 15 yoshgacha bo'lgan o'smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashdir”, deb yozdi nashr.

Qonun loyihasini 116 nafar deputat qo'llab-quvvatladi, 23 nafari esa qarshi chiqdi.

Ushbu qonun loyihasi muallifi Prezident Emmanuel Makronning Uyg'onish partiyasidan deputat Laura Millerdir. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu qonun loyihasining maqsadi ijtimoiy tarmoqlarning tobora ortib borayotgan ta'siri fonida “fransuz yoshlarining ruhiy salomatligini himoya qilish”.

Parlament a'zolari tomonidan tasdiqlangan matn faqatgina yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash bilan bog'liq emas. U Fransiyadagi o'rta maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlashni ham o'z ichiga oladi, deb xabar berdi report.az.