Milliy terma jamoa aʼzolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza – jami 9 ta medalni qoʼlga kiritdi.

Taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston taekvondo terma jamoasi oʼz tarixida ilk bor bitta musobaqada 6 ta oltin medalga sazovor boʼldi.

Bugun tongda qahramonlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Ular Toshkent xalqaro aeroportida Oʼzbekiston Taekvondo WT assotsiatsiyasi, yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tantanali kutib olindi.