Fuqaro koʻp qavatli uy oldida oʻziga qoʻshimcha uy va ofis qurib olgani aniqlandi

    Urbanizatsiya 6 May 2023 1208

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent shahri Yunosobod tumani 18-mavze 54-uyda fuqaroning koʻp qavatli uy oldida oʻziga qoʻshimcha uy va ofis qurib olgani aniqladi.

    Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Maʼlum qilinishicha, fuqarolarning murojaatiga asosan 2019-yilda qurilishi tugallangan va davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan mazkur uydagi noqonuniy holat oʻrganilgan.

    Unga koʻra 3-xonadon mulkdori N.Rahmanova tomonidan oʻzboshimchalik bilan ochiq maydon boʻlgan terassa qismi gʻisht bilan yopib, yashash joyi va ofis sifatida foydalanayotgani maʼlum boʻldi.

    Holat boʻyicha fuqaroga nisbatan tegishli tartibda bayyonoma rasmiylashtirilib, oʻzgartirilgan joylarni avvalgi holatiga qaytarish boʻyicha mulkdorga majburiy koʻrsatma berildi.