Bu ajoyibot nafaqat “layk” va “sharhlar” toʻpladi, balki huquq-tartibot organlarining diqqatini ham oʻziga jalb qildi.
Fargʻona viloyati IIB TKX Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari bu holatni viloyat Ekologiya boshqarmasiga bilan birga oʻrgandi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, Fargʻona shahrining “Mashʼal” mahallasida yashovchi fuqaro K.K oʻz xonadonida mazkur ilonni hech qanday ruxsatnomasiz boqib kelayotgan ekan. Bu holat “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunga zid ekani tushuntirilgach, K.K ilonini hayvonot bogʻiga topshirishga rozi boʻldi.
“Endilikda ushbu Koliforniya forsi Fargʻona hayvonot bogʻida yashaydigan boʻldi va yovvoyi dunyoning yangi yulduzi sifatida mehmonlarni kutib olmoqda!”, — deyiladi xabarda.