Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.E. va M.B. oʻzaro til biriktirib, boshqa bir fuqaro E.X.ning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan video tasvirlarni oila aʼzolari hamda yaqin tanishlariga koʻrsatish bilan qoʻrqitib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 30 000 AQSH dollari talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.