Futzal: Eronga yutqazdik

    Navbatdagi bahs ertaga

    Shu kunlarda futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi Eronda safarda boʻlib turibdi. Ular kecha shu mamlakat termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishdi va 5:3 hisobida yutqazishdi. Aytib oʻtish joizki, futzalchilarimiz avvaliga 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

    Jamoalar ertaga yana bir bor oʻrtoqlik bahsida maydonga tushadi.