Kuvaytda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi kecha poytaxtimizda toʻplandi. Ular 18-iyulga qadar mashgʻulotlar oʻtkazishadi. Yigʻin davomida 14, 15 va 17-iyul kunlari Jizzaxda Tojikiston termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Terma jamoa bosh murabbiy Bahodir Ahmedov mazkur yigʻinga quyidagi futzalchilarni jalb etdi:
Rustam Umarov, Abbos Elmuradov, Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Samariddin Berkinov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Shahram Faxriddinov, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron Choriyev, Xayrulla Solihov, Daler Eshonqulov, Bekali Abdurahmonov, Qosijon Safarov, Davlat Ibragimov, Akbar Usmonov, Muzaffar Ahadjonov, Asilbek Isroilov