Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi keyingi yili mamlakatimizda oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Kecha shu tayyorgarlik doirasida futzalchilarimiz Afrikaning ikki karra chempioni Marokash termasiga qarshi parketga tushdi. Uchrashuv mehmonlarning 6:2 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan tugadi.
Mutaxassislar aksariyat yetakchi futzalchilarimizning jarohat tufayli maydonga tushmaganini magʻlubiyat sababi deb koʻrsatishmoqda.
Ertaga ushbu jamoalar oʻrtasida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi.