Futzal: Osiyo kubogiga qurʼa tashlandi

    Oʻzbekiston “B” guruhda

    2024-yilning 17 — 28-aprel kunlari Tailandda futzal boʻyicha Osiyo kubogi musobaqalari boʻlib oʻtadi. Kecha shu musobaqaga qurʼa tashlandi.

    Jamoalar quyidagi guruhlardan oʻrin oldi:

    “A” guruh – Tailand, Vetnam, Myanma, Xitoy.

    “B” guruh – Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Avstraliya.

    “C” guruh – Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston.

    “D” guruh – Eron, Kuvayt, Bahrayn, Afgʻoniston.

    Eslatib oʻtamiz, eng yaxshi 5 jamoa Toshkentda oʻtadigan jahon chempionatiga beriladigan yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.