2024-yilning 17 — 28-aprel kunlari Tailandda futzal boʻyicha Osiyo kubogi musobaqalari boʻlib oʻtadi. Kecha shu musobaqaga qurʼa tashlandi.

Jamoalar quyidagi guruhlardan oʻrin oldi:

“A” guruh – Tailand, Vetnam, Myanma, Xitoy.

“B” guruh – Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni, Iroq, Avstraliya.

“C” guruh – Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston.

“D” guruh – Eron, Kuvayt, Bahrayn, Afgʻoniston.

Eslatib oʻtamiz, eng yaxshi 5 jamoa Toshkentda oʻtadigan jahon chempionatiga beriladigan yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.