Seminarda Toʻrtkoʻl tumani hokimi Rustam Shamuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Zohidjon Ziyadullayev, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, agroinspeksiyasi boʻlimi rahbarlari, oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʻlimi masʼullari va agronom-entomologlar, gʻallachilik yoʻnalishidagi klasterlar hamda “Ifoda” kompaniyasining tumandagi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar kuzgi bugʻdoy hosildorligi va don sifati oʻsimlikning oʻsish davrida yetarli miqdordagi zarur minerallardan iborat ozuqa elementlari bilan taʼminlanish darajasiga bogʻliq ekanligini qayd etdi. Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirishda mineral oʻgʻitlar toʻgʻri tanlab qoʻllanilsa, bugʻdoydan yuqori va sifatli hosil olish mumkinligi taʼkidlandi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Yangi Oʻzbekiston muxbiri