Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, gastroenterolog Rustem Sodiqov ma'lum qildi.

Shifokor yong'oqning Y vitamini va yog' kislotalarga boy ekanligini aytdi. Sarimsoqpiyoz foydali, chunki uning tarkibida antibakterial modda – alitsin mavjud. Kefir ham ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.

Bundan tashqari, immunitet tizimini mustahkamlash uchun ratsionga sariq, to'q sariq va qizil rangdagi sabzavot va mevalarni kiritish mumkin. Bularga xususan, sabzi, qovoq, shirin qalampir, o'rik, mango va shaftolini kiritish mumkin. Choy ichish ham foydalidir. Uning tarkibida katexinlarning organik moddalari mavjud bo'lib, ular tana hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi. Choyga zanjabil ham qo'shish mumkin.

Mutaxassis immunitetni mustahkamlashda avvaldan zarur choralarni ko'rish muhimligini, yozda pishgan meva va sabzavotlar hali ham do'konlarda sotilayotgani bu borada ayni muddao ekanini ta'kidladi deb xabar beradi mir24.tv.