Bu haqda AQShning Gavayi shtati gubernatori Josh Grin ma'lum qildi.
Matbuot anjumani davomida Grin Bosh prokurorga tabiiy ofat paytida mahalliy hokimiyat organlarining harakatlarini tekshirishni topshirdi. Bu ogohlantirish tizimining ishlashi bilan bog'liq – yong'in paytida sirenalarning muhim qismi ishlamagan.
Orolning favqulodda vaziyatlar agentligi rahbari German Andaining so'zlariga ko'ra, sirenalar, qoida tariqasida, sunami yaqinlashayotganidan ogohlantirish uchun ishlatiladi va ular ovoz chiqarganida, odamlar yong'in eng kuchaygan tog' tarafga borishgan bo'lardi.
Eslatib o'tamiz, Gavayidagi yong'inlar bir hafta oldin boshlangan, yong'in tarqalishiga kuchli shamol sabab bo'lgan. 13 ming kishi istiqomat qiladigan Maui orolidagi Laxayna shahrida deyarli barcha uylar yonib ketdi, deb xabar beradi korrespondent.net.