Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, bu ekin Qizil sayyora tuprog'ida unib-o'sib ketish uchun eng mos keladi.

Mars tuprog'ida perxlorat tuzlari borligi ma'lum. Ushbu moddalar inson salomatligi uchun xavfli va o'simliklar uchun zaharlidir.

Yangi tadqiqot mualliflari Moxave cho'lidagi bazaltga boy tuproq asosida Mars tuprog'ini qaytadan yaratishdi. Unda guruchning uchta navi yetishtirildi: biri yovvoyi va ikkitasi genetik jihatdan tahrirlangan. Sun'iy mutatsiyalar o'simliklarga qurg'oqchilik, shakar yetishmasligi va sho'rlanishdan kelib chiqadigan stressni yaxshiroq yengishga yordam berdi.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, sholi Mars tuprog'ida unib chiqishi mumkin, lekin yer tuprog'iga qaraganda ancha yomon o'sadi. O'zgartirilgan o'simliklar har bir kilogramm uchun 1 gramm perxlorat tuzi miqdorida ildiz otdi. Ammo tuz miqdori 3 gramm va undan yuqori bo'lganda, bitta ham o'simlik yashab qololmadi.

Olimlar guruchning yuqori tuz konsentratsiyasiga chidamli boshqa navlari bilan tajribani davom ettirishni rejalashtirmoqda. Ular, shuningdek, o'simliklarni havo o'tkazmaydigan kameralarga joylashtirish niyatida, bu yerda Mars muhiti, jumladan, harorat to'liq qayta tiklanadi, deb xabar beradi mir24.tv.