Uchrashuvda tomonlar kelishgan masalalar doirasida Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) topshirigʻiga muvofiq Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) oʻzining yangi “Yaxshi boshqaruv (Good Governance)” xalqaro dasturini ishlab chiqdi. Dastur 2022-yilning yanvaridan boshlab ishga tushishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, ushbu Dastur doirasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼullari va GIZning katta mutaxassisi J. Deppe ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda, tomonlar davlat xizmatchilarining malakasini oshirish, GIZning normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ekspertlar koʻmagi va “Davlat xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi”ni takomillashtirish kabi sohalarda oʻzaro aloqalarning muhim yoʻnalishlarini koʻrib chiqishdi.

Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.