2020-yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: gidroksixlorin va azitromitsinning kombinatsiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi toʻgʻrisida maʼlum qilishdi.
Fransuz olimlari gidroksixloroxin preparatini alohida va antibiotik taʼsirga ega azitromitsin bilan birga COVID-19ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan oʻtkazishdi. Davolashning 5-kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija koʻrsatdi. Yaʼni 5 kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sogʻaydi.
Xitoydagi tadqiqotlar ham bezgakka qarshi dori pnevmoniya rivojlanishini toʻxtatishda, oʻpka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali taʼsirini koʻrsatgan. Tadqiqot mualliflari, koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg xloroxinni 10 kun davomida qabul qilish yetarliligini taʼkidlashgan.
Feruza Hamroboyeva