Qonun bilan gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish tartibi belgilandi.

Gidrometeorologiya xizmati ushbu faoliyatdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Gidrometeorologik axborot (atrof tabiiy muhit holatining kuzatuvlari natijalari) ochiq va ishonchli boʻlishi kerak.

Gidrometeorologiya xizmati davlat organlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.

Bunda umumiy gidrometeorologik va tezkor gidrometeorologik axborotlar Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy veb-saytiga va Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.