Quruqlikdagi muzliklar okeanga “surilishi” oqibatida dengiz sathining ko'tarilishi yaqin o'n yilliklarda keskin tezlashishi mumkin.
“Shimoliy Grenlandiya muzliklari dengiz sathining 2,1 metrga ko'tarilishi uchun yetarli hajm va og'irlikka ega. Hozircha ular barqarorligicha qolmoqda, chunki muz shelflari ularni dengizga sirg'alib ketishidan saqlaydi. Bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatdiki, qirg'oq muzliklarining hajmi 1978-yildan buyon 35 foizdan ko'proqqa kamaydi, bu esa kelajakda dengiz sathining keskin ko'tarilishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi tadqiqotda.
Grenobl universitetining (Fransiya) Romen Millan boshchiligidagi bir guruh yevropalik iqlimshunoslari Grenlandiyaning shimoliy qismini o'rab turgan sakkizta eng yirik muz shelflari holatini o'rganish chog'ida ana shunday xulosaga kelishdi. Hozircha bu muz massalari so'nggi o'n yilliklarda maydoni va hajmi bo'yicha faol ravishda qisqarayotgan va shimoliy muzliklarga qaraganda ikki-uch baravar ko'proq hajmini yo'qotayotgan janubiy tomondagi muzliklarga nisbatan barqaror hisoblanadi.
Tadqiqotlar uchta muzlik – Ostenfild, Zaxariya-Istrem hamda Xagen-Bre parchalanib ketganini ko'rsatdi. Olimlarning aytishicha, bu shimoliy Grenlandiyadagi ba'zi muzliklarning dengiz tomon tezroq harakatlana boshlashiga va tezroq erishiga olib keldi.
Oqibatda orolning shimoliy sohilidagi dengiz muzliklarining hajmi 445 kub kilometrga kamaydi. Olimlar yaqin kelajakda bu jarayonlar tezlashishishini bashorat qilmoqda. Chunki Arktikada dengizi harorati ko'tariladi, bu esa Grenlandiyaning barcha muzliklarining o'pirilib tushishiga va yaqin o'n yilliklar va asrlarda dengiz sathining juda tez ko'tarilishiga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.