Uchrashuv davomida tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini, shu jumladan, O'zbekistonning turizm sohasi uchun malakali kadrlarni birgalikda tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
Muzokaralar natijasida O'zbekistonning turizm sohasida kadrlar tayyorlash bilan shug'ullanuvchi oliy o'quv yurtlari, jumladan, Samarqand shahridagi Ipak yo'li xalqaro turizm universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Xususan, “Kanoulas Travel” sayyohlik mavsumida o'z talabalari uchun har yili o'z kompaniyasida malaka oshirishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Nikos Kanulasning so'zlariga ko'ra, agar ushbu masala O'zbekiston tomonidan ijobiy hal etilsa, talabalar mintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan sayyohlik kompaniyalaridan birida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Amaliyot davomida ular turizm sohasidagi eng yuqori xalqaro talablarga javob beradigan ish tajribasiga ega bo'ladilar.