Yong'in Magnisiya va Ftiotida mintaqasiga yetib bordi. Velestino qishlog'ida vaziyat murakkab. U yerdan alanga bir necha qo'shni aholi punktlariga juda tez tarqaldi. Mahalliy aholi vakillari evakuatsiya qilindi. O't o'chiruvchilar yerdan va havodan turib yong'inni bartaraf etmoqda.

Vaziyat kuchli shamol va g'ayritabiiy issiqlik tufayli yanada og'irlashmoqda. Mamlakatning ko'plab hududlarida havo harorati 45-46 darajaga yetdi. Eng ko'p zarar ko'rgan hududlardan biri – Rodos oroli. Uning katta qismi hozir butunlay cho'l hududga aylangan. Shu bilan birga, orolning janubi-sharqida takroriy yong'inlar qayd etilmoqda. Korfuda yana yong'in yuzaga keldi. Dunyoning 11 mamlakatidan kelgan o't o'chiruvchilar gretsiyalik hamkasblari bilan birga ish olib bormoqda, deb xabar beradi mir24.tv.