Grippga qarshi emlanish zarurmi, agar zarur boʻlsa, ikki vaksinadan qanday foydalanish kerak?

Savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vaksinalar va immunoprofilaktika boʻlimi boshligʻi Dilorom Tursunova javob beradi:

«JSSTning vaqtinchalik tavsiyalari va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatining yoʻriqnomalariga binoan koronavirus va grippga qarshi emlashlar orasidagi interval 14 kun deb belgilangan.

Agar siz vaksinatsiya jarayonini oʻtayotgan boʻlsangiz, COVID-19 vaksinatsiyasi toʻliq yakunlanganidan keyin grippga qarshi emlanish tavsiya etiladi.

Koronavirus kasalligini boshidan kechirgan shaxslar, kasallikning kechish ogʻirligidan kelib chiqqan holda, 6 oydan keyin emlanishlari maqsadga muvofiq. Emlanishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Ayni damda koronavirus infeksiyasi xavfliroq tabiatga ega, shuning uchun ham, agar shaxs hech qanday emlanishni boshlamagan boʻlsa, emlanishni COVID-19ʻga qarshi vaksinadan boshlagan maʼqul.»