Mavsumiy ORVI va grippning kuzda tarqalishi koronavirus pandemiyasi bilan qoʻshilib ketishi mumkin. Mutaxassislar bu haqda ogohlantirmoqda.
Moskva Sogʻliqni saqlash boshqarmasining bosh mutaxassisi Andrey Tyajelnikov «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida COVID-19 dan grippni qanday ajratish mumkinligi haqida gapirib berdi.
“Agar haroratingiz 40 gradusgacha koʻtarilsa, behollik, ogʻriq his qilsangiz, bu gripp. Koronavirus uchun xarakterli alomatlar hidni, taʼmni yoʻqotishdir” Shu bilan birga, mutaxassis koronavirus infeksiyasi shu paytgacha juda kam oʻrganilganligini taʼkidladi. Uning belgilari va alomatlari turli yoʻllar bilan namoyon boʻlishi mumkin.
“Bu kasallik toʻliq tushunilmagan. Biz oʻpka toʻqimalari oʻta jiddiy shikastlangan, ammo kasallik alomatsiz kechgan bemorlarni koʻrdik. Biz sogʻliqni saqlash nuqtayi nazaridan jiddiy kasal boʻlgan, ammo umuman pnevmoniya boʻlmagan kasallarni ham koʻrdik”, — dedi mutaxassis.