Ham oltin medal, ham "Monte Karlo" festivaliga rasmiy taklifonoma

    Italiyaning Latina shahrida oʻtkazilgan 24-xalqaro sirk festivalida ishtirok etgan Oʻzbek davlat sirkining “Samo farishtalari” jamoasi dorbozlari “Uchlik nafas” chiqishlari bilan oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

    Eʼtirof etish joizki, AQSH, Rossiya, Chili kabi 28 ta mamlakatning mashhur sirklari ishtirok etgan mazkur festivalda birinchi boʻlgan oʻzbek sirki nafaqat oltin medal, balki “Monte Karlo” Xalqaro festivaliga rasmiy taklifnomani ham qoʻlga kiritdi.

    Bu orqali sirk ustalarimiz jahon ayvonida oʻz mahoratlarini namoyish etib, oʻzbek sirk sanʼati tarixiga navbatdagi yuksak muvaffaqiyatni yozib qoʻyishdi.

    Xalqaro eʼtirof va qoʻshaloq yutuqlar bilan barcha sirk sanʼati jonkuyarlarini biz ham samimiy muborakbod etamiz!