Unda viloyat hududidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlari, muqobil energiya ishlab chiqarish yo‘nalishidagi uskuna va jihozlar, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektro texnika va boshqa sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Ishlab chiqarishga joriy etilgan istiqbolli loyihalar mahalliy xomashyolardan import o‘rnini bosuvchi mahsulot turlarini tayyorlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish imkoniyatini bermoqda. Mahsulotlar pishiq-puxta va hamyonbopligi bilan ajralib turadi.
— Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi korxonalar sanoat salohiyatini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulot turlari ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish, mahalliy korxonalar o‘rtasida sanaot kooperasiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda, — deydi Farg‘ona viloyat hokimligi mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Mansurjon Najmiddinov. — Ayni kunda bu yo‘nalishdda 140 ta yangi loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish borasida ish olib borilmoqda. Buning hisobiga impot o‘rnini bosuvchi 247,3 million dollardan ortiq mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi, 32,8 million dollar eksport qilinib, 1200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Tarmoqlararo sanoat yarmarkasidan o‘rin olgan mahsulotlar rang-barang va iqtisodiy samardorligi bilan ajralib turadi.
Farg‘ona davlat univesiteti fizika texnologiyalari fakulteti ustoz va talaba-yoshlari tomonidan ishlab chiqarishga joriy etilgan shamol suv nasoslari, Farg‘ona politexnika instituti yoshlar innovasiya markazi, “Oltiariq-innovasiya” MCHJ tomonidan taqdim qilingan mobil, fotoelektrik avtonom svetafor, ipak va paxta tolasini qayta ishlash, kimyo, charm–poyabzal, mebelsozlik yo‘nalishlarida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi, manfaatli hamkorlik yuzasidan shartnomalar imzolandi.
— Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” kichik korxonasi bilan hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishdik, — deydi qirg‘izistonlik tadbirkor Oysuluv Jo‘rayeva. — Ish faoliyatimiz dorivor giyohlar yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq. Yarmarka doirasida “Mehrigyoh” korxonasining mahalliy sharoitda lavanda yetishtirish, qayta ishlash bilan bog‘liq amaliy ish tajribalari bilan tanishdik. Endilikda etno turzm, eko sayohat, tibbiyot turizmi yo‘nalishlarida hamkorlik qilish yuzasidan manfaatli shartnomalar imzoladik.
Hududiy tarmoqlararo savdo yarmarkasi ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokim Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Rasuljon KAMOLOV,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri