-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan Adhamjon Ergashev dast koʻtarish mashqida 138 kg, siltab koʻtarishda 176 kg, ikki kurash boʻyicha esa 314 kg natija qayd etdi. U bilan raqobatlashgan hech bir raqibi ushbu koʻrsatkichlarni yaxshilay olmadi va yurtdoshimiz 3 ta oltin medalga sazovor boʻldi, deya xabar beradi Sport vazirligi axborot xizmati.
Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan -67kg vazn toifasidagi polvonlar bahslari natijalari quyidagicha boʻldi:
1. Ergashev Adhamjon — 314kg (138+176 OʻZBEKISTON)
2. Yasin Muhammad — 303 (137+166 Indoneziya)
3. Anucha Doungsru — 301 (136+165 Tailand)
Maʼlumot uchun: Osiyo chempionatida ayni vaqtda hamyurtlarimiz hisobida 3ta oltin, 3 ta bronza medal bor.