— “Oʻzbekton Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 14-moddasiga asosan davlat oʻz faoliyatini nafaqat inson farovonligi uchun, balki jamiyatning barqaror rivojlanishini ham koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi belgilanmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining IX bobi nomiga iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlar qatorida madaniy va ekologik huquqlar ham kiritilmoqda. Ushbu bobda sohaning asosiy xuquqiy normalari belgilab berilmoqda. Jumladan, mazkur bobning 40-moddasi davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishiga oid band bilan toʻldirilmoqda.
Shuningdek, yangi band bilan davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻrishi mustaxkamlanmoqda.
“Har kim sogʻlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega boʻlish hamda oʻz sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash, atrof-muhitga xoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning zararli taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”, degan yangi 401-modda bilan toʻldirish taklif etilmoqda. Bu bilan xar bir fuqaro hokimiyatga taʼsir koʻrsatish vositasiga ega boʻladi va faqat Konstitutsiyaga havola qilish orqali ekologiya sohasidagi xuquqlarini himoya qilishi mumkin boʻladi.