“Reuters” Axborot agentligining xabar berishicha, dunyo miqyosida har 24 soatda oʻrtacha 5,900 kishi COVID-19dan vafot etadi, bu soatiga 247 kishi yoki har 15 soniyada bitta odam hayotdan koʻz yumyapti, degan gap.

5-avgust, chorshanba holatiga koʻra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 700 mingdan oshgan. Umuman olganda, dunyoda ayni paytda 18,6 million insonlar koronavirus kasalligi bilan kasallangan. Yuqtirishlarning koʻpi AQSH, Braziliya, Hindiston, Rossiya va Janubiy Afrikada qayd etilgan.

Pandemiya davri davomida dunyoda 703,381 bemor vafot etgan, 11.909 511 kishi tuzalgan.