40-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tarkibga Tokio-2020 olimpiadasi sovrindori, Xalqaro dzyudo federatsiyasi reytingi yetakchisi Davlat Bobonov, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Hikmatulloh To‘rayev, Bekmurod Oltiboyev, Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova singari mahoratli sportchilar kiritilgan. Mamlakatimiz sport delegatsiyasi kecha tunda Parij shahriga yo‘l oldi.

E‘tiborlisi, shu kungacha -73 kg vazn toifasida musobaqalarda tatamiga chiqib kelgan Hikmatulloh To‘rayev o‘zini bu safar -81 kg vaznda sinab ko‘radi. Hikmatulloh ikki yil avval Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan Butunjahon armiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, Artyom Shturbabin ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Harbiylar o‘rtasida Jahon chempionatiga yo‘l olgan terma jamoamiz tarkibi:

Erkaklar:

-60 kg: Dilshod Baratov,

-66 kg: Shavkat Saitkulov,

-66 kg: Artyom Shturbabin,

-73 kg: Obidxon Nomonov,

-81 kg: Hikmatulloh To‘rayev,

-90 kg: Davlat Bobonov,

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev,

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev,

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov.

Ayollar:

-52 kg: Diyora Keldiyorova,

-57 kg: Shukurjon Aminova,

-70 kg: Gulnoza Matniyazova,

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva.

Murabbiylar:

Tohir Fayziyev,

Ulug‘bek Azizov,

Sanjar Zokirov,

Shuhrat Boboyev.

Delegatsiya rahbari – Mansur Mamadaminov.