Yaqin kunlarda Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat bugun, 30-oktyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 3-noyabr kuniga kelib, kechasi +10...+12 darajagacha, kunduzi +23...+25 darajagacha koʻtariladi.
4-noyabrdan shimoliy hududlarga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, bu hodisa keyingi kunlarda respublikaning barcha hududlariga taʼsir etadi. 4-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 5-noyabrdan 7-noyabrgacha Oʻzbekistonning katta qismida yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda qorga aylanadi. 7-noyabr kuniga kelib, harorat kechalari +6...+9 daraja iliqqacha, kunduzgi harorat +12...+17 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Keyinchalik oy davomida shimoliy hududlar boʻyicha harorat kechalari 0...+5 iliqdan -5...-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari +12...+17 daraja iliqdan 0...+5 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Janubiy hududlar boʻyicha havo harorati kechalari +5...+10 daraja iliqdan -3 daraja sovuq — +2 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +18...+23 daraja iliqdan +7...+12 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
Markaziy va sharqiy viloyatlar boʻyicha harorat kechalari +2...+7 daraja iliqdan -3...-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari +15...+20 daraja iliqdan +3...+8 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida 31-oktyabrdan 3-noyabrgacha yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam, harorat asta-sekin koʻtariladi va 3-noyabrga kelib harorat kechasi +9...+11 darajani, kunduzi +23...+25 darajani tashkil etadi.