Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabар berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.D. qo‘lga olingan. Muqaddam sudlangan ushbu shaxs 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali «V.,S.» toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 17,3 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat isi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.