Haytmurod Sherqo‘ziyev Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi

    Sport 28 Avgust 2023 875

    Germaniyaning Duysburg shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati yakunlandi.

    Musobaqaning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida VL3 klassida 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Haytmurod Sherqo‘ziyev 49.185 soniya natija bilan marraga 4-bo‘lib yetib keldi va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

    Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq KL2 klassida yana bir hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov ham Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.