Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:
- Tugʻilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslar;
- Yaqin qarindoshining oʻlimi qayd etilmagan shaxslar;
- Tugʻilganligi yoki yaqin qarindoshining oʻlimi haqidagi tibbiy maʼlumotnomaga ega boʻlmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim boʻlgan shaxslar;
- tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
- koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:
- qayd etilmagan tugʻilganlik va oʻlim holatlari respublika miqyosida xatlovdan oʻtkaziladi;
- fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;
- sayyor qabullar tashkil etiladi.
Natijasiga koʻra, mazkur shaxslarning:
- tugʻilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi;
- yaqin qarindoshlarining oʻlimi qayd etilib, guvohnoma (maʼlumotnoma)lar beriladi;
- tugʻilish yoki oʻlim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tugʻilish (oʻlim) qayd etib beriladi;
- tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazishda va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashiladi;
- koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam koʻrsatiladi.