Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:

  • Tugʻilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslar;
  • Yaqin qarindoshining oʻlimi qayd etilmagan shaxslar;
  • Tugʻilganligi yoki yaqin qarindoshining oʻlimi haqidagi tibbiy maʼlumotnomaga ega boʻlmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim boʻlgan shaxslar;
  • tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
  • koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.

Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:

  • qayd etilmagan tugʻilganlik va oʻlim holatlari respublika miqyosida xatlovdan oʻtkaziladi;
  • fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;
  • sayyor qabullar tashkil etiladi.

Natijasiga koʻra, mazkur shaxslarning:

  • tugʻilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi;
  • yaqin qarindoshlarining oʻlimi qayd etilib, guvohnoma (maʼlumotnoma)lar beriladi;
  • tugʻilish yoki oʻlim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tugʻilish (oʻlim) qayd etib beriladi;
  • tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazishda va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashiladi;
  • koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam koʻrsatiladi.