Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha,Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi qoʻriqxona hududining Gʻyelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv boʻlimlarida uchraydi.
Shuningdek, Qoʻngʻir ayiq — respublika faunasi noyob turlaridan biri boʻlib, u tabiatan kamyob, yaʼni mozaik tarqalgan kenja tur sanaladi.
Odatda, ayiqlar qish mavsumi yaqinlashar ekan, qishki uyquga ketishdan oldin toʻyib ovqatlanishga va bu bilan oʻziga kerakli boʻlgan moddalarni, vitaminlarni toʻplab olishga harakat qiladi. Fotoqopqon olgan tasvirda ham Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi oziq izlab yurganini koʻrish mumkin.
Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi Qizil roʻyxat va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.