Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, “Saygachiy” 2016-yil 22-iyulda tashkil qilingan boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlari hududida joylashgan. Qoʻriqxonada 60 turdagi hayvonlar bor, shulardan 20 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. “Saygachiy”da Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi, Turkman qoraqulogʻi, saygʻoq kabi hayvonlar koʻp uchraydi.