Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini koʻrib chiqildi. Natijada huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan filmning ovozi va videotasviri birlashtirilib internet orqali barchaning eʼtiboriga yetkazilgan.
Holat yuzasidan fuqaro T.B.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini koʻrib chiqishlik uchun tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qatʼiy nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.