“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali rahbari Shavkatjon Ataxanov Yangi Namangan tumanining “Abu Rayhon Beruniy” mahallasiga bordi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda u yerdagi koʻp qavatli uylarda yashovchi xonadonlar koʻzdan kechirildi.
MFYning Islom Karimov koʻchasida 13 ta koʻp qavatli uy mavjud boʻlib, 520 nafar kishi istiqomat qiladi. Ularni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi gaz taqsimlash punktlari qayta sozlandi va bir maromga keltirildi, holat esa doimiy nazoratda turibdi.
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali axborot xizmatining yozishicha, isteʼmolchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish, isitish moslamalari va gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligi boʻyicha ham tushuntirildi.