баннер
27 Mar 2025
15:40

    “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ xodimlariga KPI pullari berilmayotgani rad etildi

    Shu yilning 6-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Energosavdo filiali xodimlariga KPI pullari berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJning maʼlum qilishicha, jamiyat tomonidan “Energosavdo“ filiali va uning tarkibidagi boʻlinma xodimlari faoliyatini baholash mezonlarini aniqlash (SMK) natijalari boʻyicha mukofotlash tartibi toʻgʻrisida“ Nizomga asosan filial xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish belgilangan.

    Shuningdek jamiyat nizom talablariga koʻra, hududlarda xodimlar tomonidan aniqlangan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlar va qonunbuzarliklar holatlar yuzasidan undirilgan mablagʻlar va samaradorlikni baholash koʻrsatkichlari yaʼni KPI boʻyicha oʻrnatilgan tartibda mukofot pullari toʻlab berib kelinayotganligini maʼlum qilgan.

    Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabar yuzasidan kanal adminida aniq faktlar va maʼlumotlar yoki Filial xodimlari murojaati boʻlsa, Jamiyat axborot xizmatiga taqdim etishni soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech